Gaymorit – sabablari, kasallik asoratlari va davolash usullari

Gaymorit – yuqori jagʻning gaymor boʻshligʻi yalligʻlanishi kasalligidir. Bu kasallik birlamchi kasallik sifatida emas, balki ikkilamchi kasallik sifatida, koʻpincha shamollashni toʻliq davolamaslik natijasida kelib chiqadi. Gaymorit kelib chiqishiga olib keluvchi bir qator sabablar bor, ularning qanday ekanligidan qatʼiy nazar kasallik toʻliq davolanishi kerak. Aks holda jiddiy asoratlarga olib kelishi mumkin. Gaymorit burun yon (yuqori jag’ bo’shlig’i) sinus shilliq qavatining yallig’lanishi bilan ifodalanadigan kasallik, sinusitning bir turi sanaladi va eng keng tarqalgan LOR kasallik hisob... Mehr ...

Verfasser: Jumayev Farrux Eshtemirovich
Burxonov Ulugʻbek Muzaffarovich
Nurmuxamedov Fozil Adilovich
Dokumenttyp: conferencePaper
Erscheinungsdatum: 2023
Schlagwörter: Gaymorit / Sinus shilliq qavatining yallig'lanishi / Gaymorit o'tkir yoki surunkali bo'lishi
Sprache: Englisch
Permalink: https://search.fid-benelux.de/Record/base-27666436
Datenquelle: BASE; Originalkatalog
Powered By: BASE
Link(s) : https://zenodo.org/record/7595708

Gaymorit – yuqori jagʻning gaymor boʻshligʻi yalligʻlanishi kasalligidir. Bu kasallik birlamchi kasallik sifatida emas, balki ikkilamchi kasallik sifatida, koʻpincha shamollashni toʻliq davolamaslik natijasida kelib chiqadi. Gaymorit kelib chiqishiga olib keluvchi bir qator sabablar bor, ularning qanday ekanligidan qatʼiy nazar kasallik toʻliq davolanishi kerak. Aks holda jiddiy asoratlarga olib kelishi mumkin. Gaymorit burun yon (yuqori jag’ bo’shlig’i) sinus shilliq qavatining yallig’lanishi bilan ifodalanadigan kasallik, sinusitning bir turi sanaladi va eng keng tarqalgan LOR kasallik hisoblanadi. Kasallik kechish og’irligiga qarab, o’tkir yoki surunkali bo’lishi mumkin. Kasallik erta tashxislansa va jiddiy shakllarga o’tmagan bo’lsa, ko’p hollarda gaymoritni uyda davolash usuli ham samarali hisoblanadi. Yuqori jag’ yoxud burun yon sinuslari — havoli bo’shliqlar bo’lib, ularning vazifasi atmosfera va kalla ichi bosimini tenglashtirish, rezonator funktsiyalarni bajarish va havoni tozalash, namlash sanaladi. Burun yon bo’shliqlarining yo’llari burun bo’shlig’iga chiqadi, ichida esa suyakka birikib turgan shilliq qavat bilan qoplangan bo’ladi. O’sha shilliq qavatning yallig’lanishi gaymorit kasalligi sanaladi.